Odob-axloq qoidalariga rioya qilishga har bir davlat xizmatchisi majbur

13:30 02 Yanvar 2024 Jamiyat
336 0

Foto: “Xalq soʻzi”

OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan Uchkoʻprik tumanidagi davlat tashkilotlarining masʼul xodimlari tomonidan davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq normalariga zid harakatlari yuzasidan oʻsha kunning oʻzida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Fargʻona viloyati filiali nazoratida oʻrganish boshlandi.

Holat boʻyicha tegishli boshqarmalar va Uchkoʻprik tumani hokimligining rasmiy sahifalarida tezkor munosabat bildirildi.

Masala tashkilotlar qoshidagi Odob-axloq komissiyasida muhokama qilindi. Ayni damda har ikkala masʼul shaxsning davlat xizmatida faoliyat yuritmayotganligini maʼlum qilamiz. Shuningdek, holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Ayni kunlarda davlat xizmatchilari orasida Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari yuzasidan qoʻshimcha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер