Odam savdosi jinoyati boʻyicha gumonlanayotgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

22:53 29 Dekabr 2022 Jamiyat
1205 0

Foto: Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 28-dekabr kuni Kuala-Lumpurdan Toshkentga Oʻzbekiston Respublikasidagi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida odam savdosi jinoyati boʻyicha xalqaro qidiruvda boʻlgan va Malayziyada uzoq vaqt yashirinib yurgan jinoyatchi olib kelindi.

Ayblanuvchini qoʻlga olish Toshkent Interpol va Kuala-Lumpur Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari va tezkor-axborot kuzatuvi hamda Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakillarining bevosita yordami bilan amalga oshirildi. Ushbu idoralar xodimlari tomonidan olib borilgan samarali harakatlar natijasida Malayziya hukumati tomonidan qidirilayotgan shaxsni ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar gumon qilinuvchini qoʻlga olish va hibsga olishga muvaffaq boʻlishdi.

Ekstraditsiya masalasining ijobiy koʻrib chiqilishi natijasida qidiruvda boʻlgan ayol Toshkentga olib kelish uchun Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi. Endilikda unga nisbatan qonun doirasida jazo belgilanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер