Ochlikdan aziyat chekayotgan sayyoramiz aholisining yarmidan koʻpi Osiyo qitʼasida yashamoqda — Prezident

12:18 13 Oktyabr 2022 Siyosat
689 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning oltinchi sammitida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Qitʼamizning koʻplab davlatlari isteʼmol mahsulotlarining asosiy import qiluvchilari hisoblanadi va oziq-ovqat xavfsizligining oqibatlarini juda oʻtkir his qilmoqda.

«Butunjahon oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti hisob-kitoblariga koʻra, ochlikdan aziyat chekayotgan sayyoramiz aholisining yarmidan koʻpi Osiyo qitʼasida yashamoqda.

Paradoks shundan iboratki, bir vaqtning oʻzida aynan bizning mamlakatlarimiz jahonning yetakchi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi davlatlari hisoblanadi», dedi Prezidentimiz va bu borada yangi yondashuvlar:

— oziq-ovqat ishlab chiqarishning barqaror tizimlarini va uni yetkazib berishning optimal zanjirini shakllantirish;

— ichki mintaqaviy savdo oʻsishi uchun texnik reglamentlarni uygʻunlashtirish;

— Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligini monitoring qilish yaxlit tizimini yaratishni taklif qildi.

Ushbu barcha masalalarni FAO shafeligida kelgusi yili Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan xalqaro konferensiyada muhokama qilish taklif etildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari ekologiya va iqlim oʻzgarishi muammolarini hal qilish uchun saʼy-harakatlarni birlashtirishni hamda mamlakatlarimizni jadal koʻkalamzorlashtirish va ekotizimlar bogʻliqligini qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha “Yashil Osiyo” konseptual dasturlari doirasida doimiy ekspert maslahatlashuvlarini yoʻlga qoʻyishni taklif qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер