Ochiq muloqot ruhidagi uchrashuv

17:48 23 May 2023 Jamiyat
416 0

Foto: «Xalq so‘zi»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Ulug‘bek Sotiboldiyev Mirzaobod tumanining “Oydin”, “Dehqonobod” va “T. Ahmedov” mahalla fuqarolar yig‘inlarida “O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitusiyasi – xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqining kafolati” mavzusida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitusiyasi o‘zida inson manfaatlari va qadrini yuksak darajada qonuniy kafolatganligi ta’kidlandi. Vatanimizning jadal taraqqiyoti hayotiy misollar bilan ifoda etildi. 

Tadbir doirasida aholi tomonidan bildirilgan masalalar ham o‘rganildi va ularning hal etilishi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. 

Xususan, Oydin mahallasidagi aholi xonadonlari tabiiy gaz tarmog‘idan 2014 yilda uzib qo‘yilgan, juda ko‘p murojaatlar qilingan, biroq bu masala yechim topmagani bildirildi. Ushbu masala va mahalladan magistral yo‘lgacha 1,5 kilometr masofadagi yo‘l juda ham ta’mirtalab bo‘lib qolgani bo‘yicha tegishli viloyat tashkilotlariga deputatlik so‘rovi chiqariladigan bo‘ldi. 

Uchrashuvda chala tashlab ketilgan ish -mahallaning markaziy ko‘chasiga yoritish moslamalari o‘rnatish uchun yangi simyog‘ochlar o‘rnatilib, lekin 2 yildan buyon ularga yoritish moslamalari buyon qo‘yilmagani ham aytildi. Mahalladagi juda eskirgan elektr ta’minoti simyog‘ochlari va tarmoqlarini yangisiga almashtirish masalasini hal etish   tuman Kengashi deputati, tuman hokimligi, sektor vakili va soha mutaxassislari hamda mahalla faollari bilan birga o‘rganib chiqildi va aniq chora-tadbir belgilanadi. 

Senat a’zosi “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi eskirganligi, yaroqsiz holga kelganligi uchun yopilganligi, 24-maktab binosini maktabni kapital ta’mirlash yoki yangi qurish zarurati borligi haqida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha ham viloyat va respublika miqyosidagi mutasaddi idoralarga deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilishini ma’lum qildi. 

Mahallardagi uchrashuvlar ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Aholi vakillari bayon qilgan barcha muammolar va takliflar atroflicha, o‘zaro maslahatlashilgan holda ko‘rib chiqildi. 

Ahmadali SHЕRNAZAROV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер