“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini moliyalashtirish hajmi bir necha milliard dollarga oshirilishi mumkin

11:26 24 Mart 2021 Jamiyat
971 0

Bugun Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Prezident “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini moliyalashtirish hajmini oshirish niyatida. Aniq raqamlar bugungi videoselektor yigʻilishida maʼlum boʻladi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bir necha milliard dollar boʻlishi mumkin. Jumladan, qariyb 3 ming kilometr ichki yoʻllarni taʼmirlash, 4 ming kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini qurishga mablagʻ ajratiladi.

60 foiz mahallalarda elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida 15 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 4 mingdan ortiq transformatorlar yangilanadi. Keyingi bir necha yilda bunday hajmdagi ishlar Oʻzbekistonda hali amalga oshirilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер