Obyektlar muhofaza tizimlari sinovdan oʻtkazildi
“Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ va “GTL Chinoz terminali”da fuqaro muhofazasi boʻyicha maxsus-taktik oʻquv mashqlari tashkil etildi.
Mashgʻulotlardan koʻzlangan maqsad favqulodda vaziyatlar roʻy berganda tegishli organlar bilan hamkorlikdagi harakatlarni shakllantirish, ishchi-xodimlarni muhofaza qilishga tayyorlash, xavf yuzaga kelganda tadbirlarni amalga oshirish borasidagi amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Favqulodda holatlar sodir boʻlganda masʼullarning unga qarshi kurashuvchi kuch va vositalarni boshqarish harakatlarini kuzatish maqsadida shartli ravishda yongʻin yuzaga keltirildi.
Mashgʻulotlar orqali favqulodda vaziyatlarda xodimlarning oʻzlarini tutishi, qoidalarga amal qilishi hamda jarohatlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish koʻnikmalari yana bir bor sinovdan oʻtkazildi.
Ishtirokchilar tomonidan qabul qilingan qarorlar, shartli xabarlar boʻyicha amalga oshirgan harakatlariga baho berildi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring