OAV vakillari Toshkent shahridagi yuqori kuchlanishli podstansiyalar bilan yaqindan tanishdilar

15:34 01 Oktyabr 2023 Jamiyat
901 0

23-sentyabr kuni Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Toshkent shahrida elektr energetika tarmogʻida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil qilindi.

Xususan, shahar isteʼmolchilarining katta qismini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi — Olmazor tumanidagi “Sagʻbon”, Mirobod tumanidagi “Qoʻqon”, Yunusobod tumanida “Yunusobod” va Yashnobod tumanidagi yangidan qurib ishga tushirilgan yuqori kuchlanishli “Olmos” podstansiyalari koʻzdan kechirildi.

Press-turda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari joriy yil kuz-qish mavsumiga koʻrilgan tayyorgarlik ishlari, mavsumni betalofat oʻtkazish borasida qilinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida ommaviy axborot vositalari vakillariga batafsil maʼlumot berdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер