Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyot zoʻravonlik qilgan yoʻlovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi
Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zoʻravonlik qilgan yoʻlovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi.
Hodisa 11-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:35 da HY102 Nyu-York – Toshkent reysida sodir boʻldi. Boeing 787 havo kemasi sardori yoʻnalish boʻylab muqobil aerodromga qoʻnishga qaror qildi. Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berildi. 1991-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan reysdan yechildi.
Kerakli protseduralar amalga oshirilgach, havo kemasi belgilangan aeroportga parvozni davom ettiradi.
HY102 reysining Toshkentga yetib kelishi Toshkent vaqti bilan 13:00 ga belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring