Nyu-York shtatiga kelganlarning barchasi endi 14 kun oʻrniga 3 kun karantinda boʻladi

16:48 01 Noyabr 2020 Dunyo
1009 0

AQSHning Nyu-York shtatiga boshqa shtatlardan kelganlarning barchasi endi uch kunlik karantinda boʻladi. Bu haqda shtat gubernatori Endryu Kuomoga asoslanib NBC xabar berdi. 

Uning aytishicha, mamlakatning boshqa shtatlari va hududlaridan kelgan barcha mehmonlarni 14 kunlik karantinga rioya etish majburiyati bilan bogʻliq avvalgi rejim bekor qilindi. 

Kuomo endi shtatga kiradigan odamlar uch kun davomida karantinga olinishi, toʻrtinchi kuni esa yangi koronavirus uchun testdan oʻtishi kerakligini aytib oʻtdi. Agar test manfiy boʻlib chiqsa, u holda karantindan chiqishga ruxsat beriladi. 

Ayni paytda dunyo boʻyicha AQSH koronavirus bilan kasallanganlar soni boʻyicha birinchi oʻrinda turibdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda Covid-19ga chalinganlar soni 9,2 mln. nafar, vafot etganlar soni esa 230 mingdan oshdi.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер