Nursulton Nazarboyev bir qator konstitutsiyaviy vakolatlardan mahrum qilindi
Foto: Sputnik
Qozogʻistonning birinchi prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev bir qator konstitutsiyaviy vakolatlardan mahrum qilindi.
Qozogʻistonning amaldagi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tomonidan imzolangan “Qozogʻiston Respublikasining ayrim konstitutsiyaviy qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qozogʻiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuniga koʻra, endilikda Elboshi Xavfsizlik Kengashi, shuningdek, Qozogʻiston xalqi Assambleyasining umrbod rahbari boʻlmasligi qonunchilik darajasida mustahkamlangan. Hozir bu lavozimlarni Toqayevning oʻzi egallab turibdi.
Bundan tashqari, ichki va tashqi siyosat masalalarini Nazarboyev bilan muvofiqlashtirish endi talab qilinmaydi. Shu bilan birga, birinchi prezident mamlakat parlamenti oldida nutq soʻzlashi, shuningdek, Konstitutsiyaviy kengash aʼzosi va faxriy senator boʻlishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring