Nurotaliklar 1983-yilgi rekordni yangilamoqchi
Tumanga yaqinda Fransiyadan 66 bosh Golshteyn zotli qoramol keltirildi.
Mazkur qoramollar oʻrtacha yogʻlilik va sutdorligi boʻyicha doimiy ravishda dunyoda birinchi oʻrinni egallab, 1983-yilda 305 kun, yaʼni bir laktatsiya davrida 25,248 tonna sut olinishi bilan mutlaq rekord oʻrnatilgan.
Ushbu sigirlar Nurota tumanini 2020-2021-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan 1 sektorning Mustaqillik MFY hududidagi “Sherzod Nur tomorqa xizmati” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 2,3 milliard soʻm investitsiya yoʻnaltirilgan holda keltirildi. Mazkur qoʻyilmaning 0,5 milliard soʻmini tadbirkorning oʻz mablagʻi 1,8 milliard soʻmini esa bank krediti tashkil etadi.
Nurotaliklar Golshteynning 1983-yilgi rekordini yangilashga umid qilishmoqda.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring