Nurobodda yomgʻirlatib sugʻorish tizimi yoʻlga qoʻyildi

17:23 31 Iyul 2023 Jamiyat
395 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Tumandagi Olgʻa mahallasi hududida Turkiya texnologiyasi asosida yomgʻirlatib sugʻorish tizimidan foydalanila boshlandi.

Turkiyaning mashhur “AFKO” firmasi brendi ostida ishlab chiqilgan “Pivat” deb ataluvchi maxsus qurilma 50 gektar yer maydonini doira shaklida bir tekis sugʻorish imkonini beradi.

— Uskuna lalmikor yerlarni sugʻorish uchun moʻljallangan, — deydi tadbirkor Faxriddin Qarshiyev. — Intensiv sugʻorish orqali biz sezilarli darajada suvni tejash imkoniyatiga egamiz. Suv zaxiralarimiz yer osti suvlari va maxsus hovuzlardan iborat. Sentyabr oyidan bugʻdoy, arpa kabi donli ekinlar ekib, yangicha sugʻorish uslubini sinovdan oʻtkazamiz.

Tadbirkorning aytishicha, u kelgusida 600 gektar yer maydonida ana shunday qulay va samarali usuldan foydalanib, dehqonchilik qilmoqchi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер