Noyabr oyidan “omikron”ning yangi mutatsiyalari Yevropada dominantga aylanishi mumkin

10:56 24 Oktyabr 2022 Dunyo
594 0

Illustrativ foto

Xalqaro ekspertlar fikricha, “omikron» shtammining BQ.1 va BQ1.1 subvariantlari kelgusi oy oʻrtalaridan dekabr oyi boshiga qadar Yevropaning kamida beshta davlatida dominantga aylanadi. Shu sababli keyingi haftadan COVID-19ga chalinish holatlari ushbu mintaqada oʻsishi mumkin.

Yevropa kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi xulosasiga koʻra, dastlabki laboratoriya tadqiqotlari BQ.1 immunitetga oson “chap berish” xususiyatiga ega ekanligini tasdiqladi.

Biroq mazkur mutatsiya boshqa mintaqalarda ham keng tarqalishi haqida hozircha yetarli asoslar mavjud emas. Chunki ayni paytda jahonda “omikron”ning BA.4 va BA.5 versiyalari yetakchilik qilyapti.

Shunga qaramay, koronavirusga qarshi ehtiyotkorlik shart. Ayniqsa, 60 yoshdan oshgan, yondosh kasalliklarga chalingan va immuniteti zaif kishilar, qolaversa, homilador ayollar birinchi navbatda emlanishlari zarur.

Tahlillarga koʻra, BQ.1 va BQ1.1 hozir Fransiya (19 foiz), Belgiya (9 foiz), Irlandiya (7 foiz), Niderlandiya (6 foiz) va Italiyada (5 foiz) keng tarqala boshlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер