“Novavax” kompaniyasi “Covid-19”ga qarshi vaksina boʻyicha ikki muvaffaqiyatli tadqiqot natijalarini eʼlon qildi
Illyustrativ surat
AQSHning “Novavax” kompaniyasi koronavirusga qarshi samara berishi kutilayotgan vaksina ustida olib borilgan ikki muvaffaqiyatli tadqiqot natijasini eʼlon qildi.
Birinchi tadqiqot natijalari 56 nafar koʻngillida xavfli yon taʼsirlarsiz virusga qarshi antitanachalarning yuqori miqdorini koʻrsatgan.
Ikkinchi tajribada esa vaksinaning koronavirus infeksiyasidan himoya qila olishi aniqlangan.
“Novavax” AQSH federal hukumatidan vaksina yaratish uchun 1,6 milliard dollar olgan. Ammo kompaniya vaksinani qachon ommaviy ishlab chiqarishni boshlashini maʼlum qilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring