Nosoz mahsulot puli egasiga qaytarildi
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 raqamli ishonch telefoniga Uzun tumani “Yoshlik ” maxallasida yashovchi fuqaro M.Abdurazaqova murojaat qildi.
U oʻz murojaatida Denov shahar “N.Mirzayev” koʻchasida joylashgan “Indenem” savdo markazidan “Bryusa” nomli muzlatgichni 2 mln 667 ming soʻmga sotib olgan. Fuqaro uni ishlatmoqchi boʻlganda muzlatgich nosoz holda ekanligini bilgan.
Ushbu murojaat Surxondaryo viloyati Denov tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassis xodimlari hamda fuqaro M.Abdurozaqova ishtirokida oʻrganilib, fuqaroning hoxishiga koʻra 2.667.000 soʻm puli qaytarib olib berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring