Norvegiyada Rossiyaga josuslikda gumon qilingan shaxs hibsga olindi

00:08 26 Oktyabr 2022 Dunyo
808 0

Arxiv surat

Norvegiyada Rossiya maxsus xizmatlarida ishlaganlikda gumon qilinib, kelib chiqishi rossiyalik boʻlgan Braziliya fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda mahalliy NRK telekanali xabar bermoqda.

Politsiya hibsga olingan shaxsni noqonuniy muhojir deb atagan. U oʻzini oddiy fuqaro sifatida koʻrsatgan, ammo razvedka uchun ishlagan. Bu holatda Norvegiya boshqa davlatlarning xavfsizlik xizmatlari bilan hamkorlik qilgan.

Qayd etilishicha, erkak Norvegiyaga Tromso tadqiqot universiteti tavsiyasi bilan 2021-yilning kuzida kelgan. Shuningdek, qoʻlga olingan shaxs boshqa narsalar qatori gibrid urushni oʻrganish bilan ham shugʻullangan aytilmoqda.

Oktyabr oyida Norvegiya politsiyasi uchuvchisiz uchish qurilmalarni boshqarishda gumon qilingan ikki rossiyalikni hibsga olgan edi. Ulardan biri Rossiya temir yoʻllari sobiq rahbari Andrey Yakuninning 47 yoshli oʻgʻli hisoblanadi. Rossiya va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega boʻlgan ushbu shaxs sanksiyalarni buzganlikda ayblangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер