Norvegiya Suveren jamgʻarmasi byudjet taqchilligi sababli birinchi marta aktivlarni sotmoqda

03:13 11 May 2020 Dunyo
1234 0

Bir trillion dollardan ortiq kapitalni boshqaradigan dunyodagi eng katta suveren jamgʻarmalardan biri Government Pension Fund Globaltarixda birinchi marta mamlakat byudjeti taqchilligini qoplash uchun aktivlarni sotishni boshlamoqda.

Bu haqda Bloomberg agentligi maʼlum qildi.

Norvegiya Markaziy banki rahbari Oysten Olsenning qayd etishicha, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanish moliya siyosatining buzilishiga olib kelmaydi. Bunday imkoniyat fond qoidalarida koʻzda tutilgan boʻlib, Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng ogʻir inqiroz davrida manevr haqida oʻylash imkonini beradi.

Norvegiya hukumati taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, 2020-yilda byudjet taqchilligi 20,8 milliard dollarni tashkil etadi, 5,8 milliard dollardan ortiq deb taxmin qilinayotgan neft kompaniyalari uchun soliq imtiyozlari bundan mustasno.

Eslatib oʻtamiz, neftni sotishdan ortiqcha daromad oladigan Norvegiya suveren jamgʻarmasi 1990-yilda tashkil etilgan boʻlib, dunyoda roʻyxatga olingan barcha kompaniyalarning 1,5 foiz aksiyalariga egalik qiladi va uning oʻrtacha daromadi yiliga 6,1% yoki 524,4 ming dollarni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер