Norindagi hasharda 2000 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi
Foto: “Xalq so‘zi”
Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasini uyushqoqlik bilan amalga oshirishga kirishildi. Xususan, Namangan viloyati Norin tumanida daraxt ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik doirasida dastlabki hashar Xaqqulobod shahridagi Navoiy mahallasida tashkil etildi. Unda tumandagi sektor rahbarlari, korxona, muassasa va tashkilot mutasaddilari faollik ko‘rsatdi.
Kun bo‘yi davom etgan xayrli tadbir asnosida 2000 tup daraxt va buta, jumladan, 1000 tup pavloniya, 500 ta katalpa hamda 500 tup kashtan ko‘chatlari o‘tqazildi.
Maʼlumot uchun, Namangan viloyatida yuqoridagi loyiha doirasida 15 million tup ko‘chat ekilib, yashil maydonlar barpo etish rejalashtirilgan. Ayni paytda bu ezgu yumush barcha tumanlarda qizg‘in boshlab yuborilgan.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring