Noqulay ob-havo tufayli ayrim aviareyslar harakat jadvalida oʻzgarish boʻldi
“Uzbekistan Airways” AJ xabariga koʻra, 2022-yil 18-yanvar kuni noqulay ob-havo sharoiti (kuchli qor, koʻrishning yetarli darajada emasligi) tufayli HY-280 Istanbul – Urganch yoʻnalishidagi reys majburiy Toshkent aeroportiga yuborildi.
Ushbu reysdagi barcha, yaʼni 98 nafar yoʻlovchi mehmonxonaga joylashtiriladi. Ushbu yoʻlovchilar 19-yanvar kuni HY-051 reysi bilan Urganchga parvoz qiladi.
Shuningdek, Urganchda boʻlib turgan ob-havo tufayli HY-054 Urganch — Toshkent reysi bekor qilindi. Ushbu reys yoʻlovchilari 19-yanvar kuni HY-052 reysi bilan Toshkentga parvoz qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring