Noqonuniy ish keltirgan tashvish
Foto: “Xalq soʻzi”
Andijon viloyatidagi “Doʻstlik” chegara postida yuk avtomobili toʻxtatilganda, unda noqonuniy tarzda, hujjatsiz tovarlar borligi aniqlandi.
— “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, yuk kuzatuv hujjatlarida yozib koʻrsatilmagan, umumiy qiymati 1 mlrd. 594 ming soʻmlik 40 xil turdagi tovarlar borligi maʼlum boʻldi, — deydi viloyat bojxona boshqarmasi inspektori Sardorbek Oʻrinboyev.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring