Noqonuniy baliq ovlagani uchun besh nafar huquqbuzar 17 million soʻmdan ortiq tovon toʻlaydi

17:08 31 Oktyabr 2023 Jamiyat
231 0

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi va DXX chegara qoʻshinlari xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazildi. 

Reyd davomida Termiz tumani “Xalqabod” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi zovurdan 5 nafar fuqaro 4 dona lesh, 6 dona tovonbaliqdan xoʻrak sifatida foydalanib, ov qilayotganligi maʻlum boʻldi. 

Tabiatga 990 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlanib, holat yuzasidan huquqbuzarlarning har biriga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan huquqbuzarlarning har biriga nisbatan BHMning 10 barobari — 3 million 300 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi. Huquqbuzarlarning har biri 3 million 498 ming soʻmdan (jarima va yetkazilgan zarar) toʻlaydigan boʻldi.

Barcha hududlarda tezkor reyd tadbirlari muntazam davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер