Nomli davlat stipendiyalari soni 12 ta boʻldi
Foto: Arxiv surat
rezidentning tegishli farmoniga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun ayrim nomli davlat stipendiyalari joriy etilganligi munosabati bilan 1993-yil 5-fevraldagi PF–555-son Farmonga oʻzgartirish kiritildi.
Unga koʻra, mazkur farmon 2-bandi tahrirlanib, nomli davlat stipendiyalarning yoʻnalishlar kesimidagi roʻyxati yangilandi.
Jumladan, Prezidentning PQ–414-son hamda PQ–20-son qarorlariga muvofiq roʻyxatga tarix va geografiya yoʻnalishlarida – Bobur, jismoniy madaniyat va sport yoʻnalishlarida – Pahlavon Mahmud nomli stipendiyalari kiritilib, ularning soni 12 taga yetdi.
Nomli davlat stipendiyalarning yoʻnalishlar kesimidagi roʻyxati:
— texnika yoʻnalishlarida – Beruniy;
— tibbiyot yoʻnalishlarida – Ibn Sino;
— gumanitar yoʻnalishlarda – Navoiy;
— tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlarida – Kamoliddin Behzod;
— tabiiy yoʻnalishlarda – Ulugʻbek;
— kinematografiya yoʻnalishida – Xudoybergan Devonov;
— tarix va geografiya yoʻnalishlarida – Bobur;
— jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlarida – Pahlavon Mahmud;
— Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;
— Qoraqalpogʻistondagi oliygohlarda – Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;
— barcha yoʻnalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring