Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar III Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi

11:42 05 Noyabr 2021 Jamiyat
1090 0

Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar III Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Joriy yilning 6 noyabr kuni “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “ECOBOZOR” savdo majmuasida o‘tkaziladigan nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar III Respublika savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Unda o‘z uylarida turli xil buyum va mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan, biroq ularni sotishda qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotiladi.

Yarmarka soat 17:00 gacha davom etadi.

Maʼlum bo‘lishicha, yarmarkaga borib notarius, FHDYO, davlat xizmatlari, advokatlarning sayyor qabullarida qatnashishingiz hamda taniqli sanʼatkorlar ishtirokidagi ko‘ngilochar tadbirlarda madaniy hordiq olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер