Nogironligi boʻlgan shaxslar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi

15:45 27 Fevral 2023 Jamiyat
411 0

“Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2023-yilda:

— muhtoj shaxslar zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari bilan;

— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan va I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari bilan bepul taʼminlanadi.

2023-yil 1-sentyabrdan nogironligi boʻlgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlashda tibbiy xulosa talab qilinmaydi.

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchilar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi, mansabdor shaxslar qabuliga navbatsiz kiradi.

2023-yil 1-maydan shifoxonalarda davolanayotgan nogironligi boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilayotgan shaxslarga:

— bolaning yonida boʻlish uchun sharoit yaratiladi;

— mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqat beriladi.

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari bolani nogironligi boʻlgan shaxs deb topganda ularga pensiya tayinlashda qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish bekor qilinadi.

“Yuridik yordam” axborot tizimida nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul huquqiy yordam berish uchun alohida murojaat boʻlimi yaratiladi.

Mazkur hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер