Nodirbek Abdusattorov muddatidan oldin jahon chempionatida yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
Islandiyada oʻtayotgan shaxmat boʻyicha “World Fischer Random Chess Championship” jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov muddatidan oldin yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Turnirning birinchi va ikkinchi turlarida Nodirbek Abdusattorov rossiyalik Yan Nepomnyashiy va mazkur yoʻnalishda amaldagi chempion Uesli So, uchinchi va toʻrtinchi turlarida islandiyalik grossmeyster Xyorvar Steynn Gretarssonni magʻlubiyatga uchratdi.
Oʻzbekiston vakili 8 imkoniyatdan 7.5 ochko jamgʻarib, mukofot jamgʻarmasi 400 ming AQSH dollarini tashkil etadigan mazkur chempionatda barcha nomdor raqiblaridan oldin yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring