Nobel mukofoti sovrindori xavfli viruslar tarqalishidan ogohlantirmoqda
Foto: rg.ru
Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati va BMT bosh kotibi maslahatchisi Raye Kvon Chung iqlim o‘zgarishi natijasida xavfli viruslar qayta tiklanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
“Biz Sibirda, Kanadada, abadiy muzliklarning erishi natijasida paydo bo‘ladigan yangi viruslarni kutishimiz mumkin. Ularning qaysi biri bilan uchrashishimizni, qaysi biri hayotga qaytishini bilmaymiz”, dedi Chung "Fan 0+" Butunrossiya ilmiy festivalida.
Avvalroq, Duke-NU AQSH — Singapur tibbiyot universiteti professori Van Linfa, Sars-CoV-2 koronavirusi odamlardan hayvonlarga o‘tishi va keyin bir qator mutatsiyalar uchrab yana odamlarga yangi Sars-CoV-3 koronavirusi sifatida qaytishi mumkinligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yangi pandemiyaga olib kelishi mumkin.
Nemis va shved olimlari iqlimning ikki daraja isishi Yer aholisining deyarli yarmining hayotini o‘zgartirishi mumkin, degan xulosaga kelishdi. Bu esa "domino effekti" (keskin tabiiy o‘zgarishlardan keyin boshqa tabiiy o‘zgarishlarga)ga sabab bo‘lishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring