Nishon tumani tibbiyot birlashmasi binosi zamonaviy va koʻrkam koʻrinishga ega boʻldi
Foto: “Xalq soʻzi”
Nishon tuman tibbiyot birlashmasining asosiy binosi 1985-yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan. Besh qavatli 290 oʻringa moʻljallangan ushbu bino soʻnggi yillarda taʼmirtalab holatga kelib qolgan va bu aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan edi.
Joriy yilda binoni kapital taʼmirlash uchun tegishli investitsiya dasturi doirasida 11 milliard 200 million soʻm mablagʻ ajratildi.
— Ushbu mablagʻ evaziga muassasaning asosiy binosi toʻliq taʼmirlanib, shifokorlarning ish faoliyati hamda bemorlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. Zamonaviy tibbiy jihozlar, uskunalar bilan taʼminlandi, — deydi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Jonibek Joʻrayev. — Bundan tashqari, muassasa hududidagi 80 oʻrinli eski tugʻruq majmuasi oʻrnida 110 oʻrinli zamonaviy tumanlararo perenatal markazi bunyod etildi.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasiga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yana 630 million soʻmlik zamonaviy tibbiy jihozlar topshirildi.
Muassasaning tantanali ochilish marosimida Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring