Nigina Oʻktamova “Parij-2024”da medalga emas, tajribaga ega boʻladi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Bokschimiz Nigina Oʻktamova “Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini ikkinchi davrada yakunladi. Gap shundaki, u KXDR vakilasi Chol-Mi Pangga yutqazib qoʻydi.
Qayd etish kerakki, Koreya xalq demokratik respublikasi vakilasi Chol-Mi Pang 2018-yilgi jahon chempioni, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi hisoblanadi. Shuningdek, u “Parij-2024” Olimpiadasida mamlakatining bayroqdorlaridan biri sanaladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring