Niderlandiyada yahudiy tashkiloti binosi oldida portlash sodir boʻldi

16:28 04 Aprel 2026 Dunyo
438 0

Illyustrativ foto

Niderlandiyaning sharqida joylashgan Neykerk shahrida shanbaga oʻtar kechasi yahudiy xayriya tashkiloti binosi oldida portlash sodir boʻldi. Bu haqda “Telegraaf” nashri xabar berdi.

Gap Isroil va yahudiy xalqini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan maʼrifiy hamda xayriya faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Isroil uchun nasroniylar” tashkiloti binosi haqida bormoqda.

Politsiya maʼlumotiga koʻra, portlash oqibatida hech kim jabrlanmagan, binoga yetkazilgan moddiy zarar ham katta emas. Hozircha gumonlanuvchilar qoʻlga olinmagan.

Bundan avval, 13-martga oʻtar kechasi Rotterdam shahridagi sinagogalardan birida portlovchi qurilma ishga tushgani ortidan yongʻin chiqqan edi. Mazkur hodisa yuzasidan politsiya toʻrt nafar shaxsni gumonlanuvchi sifatida qoʻlga olgan.

Oradan bir kun oʻtib, Amsterdam shahridagi yahudiy maktabi yaqinida ham portlash sodir boʻlgan. Niderlandiya rasmiylari har ikki holat ortida antisemitizm motivlari boʻlishi mumkinligini maʼlum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер