“Neuralink” 2023-yil oxirida inson miyasiga chiplarni joylashtirish boʻyicha sinovlarni boshlaydi
Foto: Illustrativ foto
2023-yil may oyi oxirida AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi “Neuralink” (Ilon Mask kompaniyasi)ga odamlarda miya implantlarini klinik sinovdan oʻtkazishga ruxsat berdi. Chiplardan tijorat maqsadlarida foydalanish uchun ruxsat olish uchun koʻp yillik sinovlar talab qilinadi.
“Neuralink” oyoq-qoʻllari falajlangan bemorlarga chiplarni implantatsiya (joylashtirish) qilishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, “Neuralink” primat nasliga mansub maymunlarda sinov payti qoʻpol qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilganligi yuzasidan bir necha bor shikoyat qilingan.
Kompaniya hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganligi haqidagi daʼvolarni tekshirishda davom etmoqda — bunday holatlar 1,5 mingdan ortiq boʻlishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring