Nepal gʻarbida 4-noyabr kuchli zilzila sodir boʻldi
4-noyabr, shanbaga oʻtar kechasi Nepal gʻarbida kuchli zilzila sodir boʻldi. Buning oqibatida 128 kishi halok boʻldi, oʻnlab odamlar jarohatlandi, deb xabar berdi "DPA" mahalliy hokimiyat organlariga tayanib.
Nepalning zilzila monitoringi va tadqiqoti milliy markazi 6,4 magnitudali zilzilani qayd etdi. Unga koʻra, zilzila epitsentri Nepal poytaxti Katmandudan 400 km uzoqlikda joylashgan Jayarkot viloyatida boʻlgan.
AQSH Geologiya xizmati zilzila kuchini 5,6 ball, Hindiston seysmologik markazi 6,4 ball, Potsdamdagi Germaniya Geofizika tadqiqot markazi 6,2 ball deb baholadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring