Nega shifokor koʻrigidan tez-tez oʻtish kerak?
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti boʻlim boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirovaning aytishicha, inson oʻzini sogʻlom his qilsa ham yilda bir marta profilaktik tibbiy koʻriklardan oʻtib turishi lozim. Bu esa kasalliklarni erta bosqichda aniqlab, kerakli davo choralarini oʻz vaqtida amalga oshirish imkonini beradi.
Odam 40 yoshdan oshganda unda yurak-qon tomir xastaliklari, qandli diabet va onkologik kasalliklar xavfi ortadi. Shu sababli ularni tezda aniqlab, davolash muolajalarini barvaqt boshlash kelajakda rivojlanishi mumkin boʻlgan jiddiy asoratlarning oldini oladi.
Shifokor koʻrigida nafaqat kasalliklarga erta tashxis qoʻyish, balki ularga moyillik ham aniqlanadi.
Misol uchun, qandli diabetning 2 turi rivojlanishidan oldin semizligi boʻlgan insonlarda diabet oldi holati kuzatiladi. Agar ularda bu jarayon barvaqt aniqlanib, kerakli davo choralari bajarilsa, kasallik rivojlanishining oldi olinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring