“Neftchi” birinchi magʻlubiyatini qabul qilib oldi
Kecha, 9-aprel kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasining 6-tur oʻyinlari yakunlandi. Kun doirasida muxlislar turning markaziy oʻyiniga guvoh boʻlishdi. Ushbu bahsda mamlakatning amaldagi chempioni Fargʻonaning “Neftchi” klubi oʻz maydonida Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv mehmonlarning 0:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga 22-daqiqada Doston Hamdamov mualliflik qildi. Shu tariqa Islom Ismoilov jamoasi 2026-yilgi mavsumdagi birinchi magʻlubiyatini qabul qilib oldi. Ushbu gʻalabadan soʻng, “Paxtakor” jamoasi turnir jadvalida 1-oʻringa koʻtarilib oldi.
Kunning ikkinchi oʻyinida esa Aleksandr Xomyakov boshqaruvidagi “Buxoro” jamoasi Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 21-daqiqada Javohir Roʻziyev tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 59-daqiqasida esa Vladimir Rodich “Buxoro”ning ikkinchi golini kiritdi. Shu tariqa bahs 2:0 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring