Navroʻz kunlari “Navroʻz”ning yangi binosi foydalanishga topshirildi

15:32 24 Mart 2022 Jamiyat
704 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Yurtimiz boʻylab qadrli va moʻtabar ayyom - Navroʻz umumxalq bayrami kayfiyati hamon hukm surayotgan shu kunlarda joylarda yangi ijtimoiy obyektlar, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalari taqdimoti davom etmoqda.

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Navroʻz” mahalla fuqarolar yigʻinida ham Navroʻz tantanalari yana bir bayramga ulanib ketdi. Bu yerda homiylik mablagʻlari hisobidan yangidan qurib bitkazilgan MFY binosi foydalanishga topshirildi.

Yangi binoning ochilish marosimida tuman hokimligi, viloyat mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ular navroʻzliklarni qoʻshaloq bayram bilan qutlab, bu yerda istiqomat qilayotgan 5 mingdan ortiq aholining muammolarini hal qilishda, mahalla hayotini yanada yaxshilashda yigʻin xodimlari oldida turgan asosiy vazifalarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbirdan soʻng “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan “Navroʻz” mahallasida yashovchi kam taʼminlangan, ehtiyojmand, nogironligi boʻlgan hamda “Temir daftar”da roʻyxatda turgan fuqarolarga 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер