Navroʻz fojiasi
Foto: Reuters
Eronning Shiroz shahrida roʻy bergan suv toshqinlari oqibatida halok boʻlganlar soni 17 kishiga yetdi, 74 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar xizmati rahbari Pirhusayn Kulivand xabar berdi.
Qurolli kuchlar madad berish uchun halokat roʻy bergan hududlarga joʻnatilgan. Bundan oldin qurbonlar soni 11 kishi va jarohatlanganlar esa 35 kishi deya maʼlum qilingandi.
Eron shimolidagi qator provinsiyalariga bostirib kelgan ushbu tabiiy ofat 21 mart Navroʻz kuni boshlangan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring