“Navoiyuran” davlat korxonasining xalqaro reytingi yangilandi

12:25 07 Avgust 2025 Jamiyat
190 0

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy valyutadagi uzoq muddatli suveren kredit reytingi “BB-” darajasidan “BB” darajasiga oshirildi. Reyting boʻyicha prognozi — “Barqaror”.

Reytingning koʻtarilishi davlatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar — makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, davlat korxonalari boshqaruv samaradorligini oshirish borasidagi saʼy-harakatlarning ijobiy baholanishini aks ettiradi.

— Shu iqtisodiy oʻzgarishlar zamirida, joriy yil iyun oyi oxirida “Navoiyuran” davlat korxonasi xalqaro moliya bozorida 300 million dollar miqdoridagi yevroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi, — deydi “Navoiyuran” DK bosh muhandisi Anvarjon Saparov. — Ushbu operatsiya xalqaro investorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va korxonamizning global kapital bozorlariga integratsiyasida muhim qadam boʻldi.

Ushbu yutuq “Fitch Ratings” agentligi tomonidan “Navoiyuran” davlat korxonasi sifatidagi reytingi (GRE – Government-related Entity) boʻyicha qoʻllab-quvvatlash koʻrsatkichini 20 balldan 30 ballgacha oshirib, “kuchli” (strong) toifa bilan baholandi.

Ushbu reytinglar “Navoiyuran” DKning xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorligi, moliyaviy intizomi hamda uzoq muddatli va barqaror rivojlanishga qaratilgan strategik maqsadlari mavjudligini tasdiqlaydi.

Temur ESHBOYEV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер