Navoiyda yana avtobus agʻdarilib ketdi
Videodan kadr
Navoiy viloyati Tomdi tumanida yoʻlovchi avtobusi agʻdarilib ketdi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 17-yanvar kuni soat 07:00 larda Tomdi tumani “Tomdibuloq” OFY hududidan oʻtgan A-379 “Navoiy-Uchquduq” xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yoʻlining 189-190 kilometrlari oraligʻida yuz bergan.
“Zhong Tong Bus” rusumli avtobus haydovchisi transport vositasini “Navoiy-Zarafshon” yoʻnalishi boʻylab boshqarib kelib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻnalishi boʻyicha yoʻlni qarama-qarshi tomoniga agʻdarilib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro jabrlangan. Ular Zarafshon shahar tibbiyot boʻlimiga yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring