Navoiyda uch nafar egizak tugʻildi
Navoiy shahar perinatal markazida uch nafar egizak qiz dunyoga keldi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ota-onalar chaqaloqlarga Shukrona, Shodiyona, Imona deb nom berganlar. Shifokorlarning taʼkidlashicha, chaqaloqlar sogʻlom, ular 2 kilo 520 gram, 2 kilo 480 gram, 2 kilo 460 gram vaznda dunyoga kelishgan.
Maʼlumot uchun: joriy yilning 5-may kuniga qadar Navoiy shahrida 1253 nafar bola dunyoga kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring