Navoiyda paxtani noqonuniy oldi-sotdisiga chek qoʻyildi

18:08 03 Yanvar 2024 Jamiyat
335 0

Qiziltepa tumani Ichki ishlar boʻlimining jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida joriy yilning 8-sentyabr kuni tunda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi U. U. oʻziga tegishli avtomashinada Qiziltepa tumanidagi fermer xoʻjaliklaridan biridan 2 tonna paxtaning har bir kilogrammini 6 ming soʻmdan sotib olib, Gʻijduvon tumaniga olib ketayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Aybdorlar albatta, qilmishiga yarasha jazosini olishadi. Biroq mazkur paxta xomashyosini sotish va sotib olishga sabab boʻlgan omillar chuqur oʻrganilib bartaraf etilsa, bu kabi noqonuniy xatti-harakatlarning oldi olingan boʻlardi.

Temur ESHBOYEV, “ Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер