Navoiyda oʻrmon xoʻjaligining xodimi pora bilan qoʻlga olindi
Navoiy Davlat oʻrmon xoʻjaligida mansabdor lavozimda ishlovchi “X.S.” xizmat vakolatini suiisteʼmol qilgan holda boshqa bir fuqaroga oʻrmon xoʻjaligi balansidagi 8 gektar yer maydonini baliqchilik xoʻjaligi tashkil qilish uchun respublika Oʻrmon xoʻjaligida ishlovchi tanishlari orqali 49-yil muddatga rasmiylashtirib berishi evaziga undan 6 ming AQSH dollari miqdorida pul mablagʻini talab qiladi. Oʻzaro kelishuvdan soʻng Navoiy viloyat DXX va IJQKD boshqarmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro “X.S.” 1000 AQSH dollari va 20 mln soʻmni oʻzining tanishi orqali pora tariqasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qoʻlga olindi.
Hozirda unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring