Navoiyda monomarkaz ishga tushdi

08:34 05 Avgust 2021 Jamiyat
1703 0

Navoiy shahrida viloyat hokimligi va Respublika Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida monomarkaz ishga tushirildi. Unda 32 ta yoʻnalishda kasbga tayyorlash, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlik koʻnikmalari boʻyicha 3 oylik oʻquv kurslari tashkil etilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi taʼkidlashicha monomarkazda 3 oy oʻqib olingan diplom 3 yil kasb-hunar maktablarida oʻqib olingan diplom bilan bir xil darajaga ega boʻladi. Bu esa kasb-hunar oʻrganuvchilarning vaqti bilan birga, oʻquv xarajatlarining ham tejalishida muhim ahamiyatga ega.

Eng muhimi, mutaxassis shu uch oy ichida xorijiy tillardan biri, misol uchun yapon tilini ham oʻrganishi tashqi va ichki mehnat bozorida uning raqobatbardoshligini ham oshiradi.

Mazkur omillar viloyatda bandlik bilan bogʻliq muammolar yuqori samara berishi markazning taqdimot marosimida alohida taʼkidlandi.

Markazning ochilish marosimida bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov ishtirok etdi.

Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер