Navoiyda Lacetti va Nexia toʻqnashuvi natijasida ikki kishi, jumladan 1 yoshli chaqaloq ham vafot etdi

15:24 10 Fevral 2020 Jamiyat
1021 0

Navoiyda ikki avtomobil toʻqnashib ketishi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Ularning biri endi bir yoshga toʻlgan chaqaloq edi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

2020-yilning 9-fevral kuni taxminan soat 01:50larda 24 yoshli R.N. “Lacetti” rusumli avtomashinasini Konimex tumani hududidan oʻtuvchi A-379 “Zarafshon-Navoiy” avtomobil yoʻli boʻylab boshqarib borib, mazkur yoʻlning 154 km.da belgilangan tezlikni oshirgan holda harakatlanib kelayotgan vaqtida, boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi harakat yoʻnalishiga chiqib ketgan va 23 yoshli N.J. ning boshqaruvida boʻlgan “Nexia” rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada “Nexia” rusumli avtomashina haydovchisi N.J. voqea joyida va avtomashina yoʻlovchisi 1 yoshli chaqaloq A.Sh. Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер