Navoiyda “Lacetti” piyodani urib yubordi
IIV YHXBBning maʼlum qilishicha, 25-oktabr kuni soat 11:26 larda Navoiy viloyati, Navoiy shahri, I.Karimov hamda Oʻzbekiston koʻchalari kesishgan chorrahada 2001-yilda tugʻilgan haydovchi “Lacetti” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan.
Xabarda aytilishicha, hodisa oqibatida, piyoda 1977-yilda tugʻilgan F.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Navoiy shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring