Navoiyda YPX xodimi va haydovchi oʻrtasida tortishuv yuzaga keldi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Navoiyda YPX xodimi va haydovchi oʻrtasida tortishuv yuzaga keldi. Holat yuzasidan IIV YHXBB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
2022-yil 22-yanvar kuni soat 12:20 larda, Navoiy viloyati, Navbahor tumani hududidan oʻtuvchi A-379 avtomobil yoʻlining 3-kilometrida YPX xodimi D.Toshov tomonidan “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi toʻxtatilgan. Tekshiruv davomida haydovchi yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanishi, uning yonida kunlik yoʻl varaqasi mavjud emasligi maʼlum boʻlgan. Shundan soʻng, YPX xodimi tomonidan haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib ketilayotgan vaqtda, haydovchi, 1993-yilda tugʻilgan A.T. YPX xodimiga faol qarshilik koʻrsatgan va tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan.
Holat sodir boʻlgan joyga tuman IIB tezkor-tergov guruhi va prokuratura xodimlari chiqib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring