Navoiyda fermerlarga 5 milliard so‘m pul mablag‘lari undirib berildi

14:45 09 Avgust 2023 Jamiyat
426 0

Qonunchilik buzilgan nuqtada javobgarlik masalasi ko‘tarilishi tabiiy. Qiziltepada ana shunday holat ro‘y berdi. Hududda faoliyat yuritayotgan 232 nafar fermerga bajarilgan yumushi uchun belgilangan tartibda haq to‘lab berilmagan.

Mazkur masala tuman adliya bo`limi tomonidan o‘rganilganda, fermer xoʼjaliklari bilan “Textile Navoiy Group” MChJ oʼrtasida 2022-yilda paxta xom ashyosi yetishtirish boʼyicha kontraktatsiya shartnomasi tuzilganligi va xoʼjaliklar tomonidan shartnoma shartlari mavsum davomida toʼliq bajarilganligi ma’lum bo‘ldi. Ammo shartnomaga ko‘ra fermerlarga 2022-yilning 31-dekabr kuniga qadar berilishi belgilangan mablag‘lar toʼlanmay qoldirilgan.

Ma’lumot uchun aytish joiz, shartnoma bo‘yicha, paxta xom ashyosining oʼrtacha xarid narxi 1 tonnasi uchun 10 025 000 soʼmni tashkil etgan.

Adliya bo‘limining taqdimnomasiga asosan, fermer xo‘jaliklariga bugungi kunda 5 milliard so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер