Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

10:07 17 Mart 2025 Jamiyat
548 0

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Abduqahhor Mullajonov Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Abduqahhor Mullajonov 1976-yilda tugʻilgan, 2002-yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U tayinlovga qadar Toshkent viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Mullajonov prokuratura organlaridagi mehnat faoliyatini 2002-yilda Mirzo Ulugʻbek tumani prokuraturasida boshlagan.

Faoliyati davomida, shuningdek, Toshkent shahri prokuraturasi katta tergovchisi, Sergeli tumani prokurori, Bektemir tumani prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining oʻrinbosari, Bosh prokuratura huzuridagi Voyaga yetmaganlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi kabi lavozimlarda ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер