Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro yirtqich qushni oʻlimdan qutqarib qoldi
Foto: Ekologiya davlat qoʻmitasi matbuot xizmati
Samarqand viloyatida mahalliy fuqaro yirtqich qushni oʻlimdan qutqarib qoldi. Bu haqda Ekologiya davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, yigit Nurobod tumanidan oqib oʻtuvchi kanal qirgʻogʻida ozgʻin lochinni koʻrib qolgan. Qush oʻz-oʻzidan ucha olmagan.
Gʻamxoʻr yigit Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorati inspeksiyasiga murojaat qilgan.
Ayni paytda qush maxsus tibbiy va veterinariya koʻrigidan oʻtkazilmoqda. U “Zoom Zamin Ziyoshi” hayvonot bogʻiga oʻtkazildi. Tez orada yirtqich qush yana tabiatga qoʻyib yuboriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring