Navoiy viloyatida 100 megavatt quvvatdagi fotoelektrik stansiyasi quriladi

10:12 22 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
899 0

“Masdar” va “Mubadala” kompaniyalari bilan hamkorlikning tamal toshi mamlakatimiz Prezidentining 2019-yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi doirasida qoʻyilgan, oʻshanda elektr stansiyalari qurish boʻyicha shartnomalar imzolangan edi.

“Mubadala” BAAning 200 milliard dollarlik investitsion portfelga ega davlat xoldingi hisoblanib, “Masdar” uning tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida faoliyat olib boradi. Mazkur hamkorlik samarasi oʻlaroq 2019-yilning noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida Davlat xususiy sherikchilik asosida Respublikada birinchi quyosh elektrostansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish va qurish maqsadida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi kelishuv hamda Investitsion kelishuv bitimi imzolangan edi.

Unga koʻra Oʻzbekistonda 2030-yilga qadar 5 gigavatt (GVt) qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish maqsad qilingan. Xalqaro Moliya korporatsiyasining (IFC) “Scaling Solar” dasturi doirasida Oʻzbekiston 1 GVt quyosh fotoelektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oʻrnatishni rejalashtirilgan.

Mazkur fotoelektr stansiyasini qurish uchun “Masdar“ kompaniyasi taʼsischiligida ”NUR NAVOI SOLAR” xorijiy korxonasi tashkil etildi. Stansiyaning qurilish ishlari 2020-yilda boshlanib, 2021-yil uchinchi choragida toʻliq ishga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur korxona loyihani 25 yil davomida saqlaydi va boshqaradi.

Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер