Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalar toʻrt oyda 159 mln 564 ming kVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqardi
Navoiy va Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 100 MVtdan boʻlgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan.
Ushbu fotoelektr stansiyalarda joriy yil yanvar-aprel oylarida:
— 159 mln 564 ming kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi;
— buning natijasida 48 mln kub metr gaz tejalishiga erishildi;
— atmosferaga 67 ming tonna zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
Maʼlumot uchun, ushbu hajmdagi elektr energiyasi qariyb 200 mingta xonadonning toʻrt oylik isteʼmolini tashkil qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring