“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tashkil etilganining 65 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
Bugun, 17-noyabr kuni Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganining 65 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiyuran” davlat korxonasi jamoalariga yoʻllagan tabriklarini Bosh vazir Abdulla Aripov oʻqib eshittirdi.
Davlatimiz rahbarining kuni kecha imzolagan farmonlariga asosan ishlab chiqarish ilgʻorlaridan bir guruhi mukofotlangan edi. Tadbirda Prezidentimizning topshiriqlariga binoan, Bosh vazir ularning nomidan davlat mukofotlarini oʻz egalariga topshirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring